19:28 / 28.07.2016
8698

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushgan arizalarning 91,7 foizi ijobiy hal etildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda hududiy tuzilmalarining 2016 yilning I yarim yillikdagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari
federatsiyasi Matbuot va axborot bo‘limi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hisobot davrida federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga  iste'molchilardan jami 5392 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur ariza va shikoyatlarning 4946 tasi ya'ni, 91,7% ijobiy hal etilishi natijasida, iste'molchilar foydasiga jami 2 188 300 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Ariza va murojaatlar – tabiiy gaz ta'minoti 1608 ta (29,8 foiz), savdo  1161 ta (21,5 foiz), elektr ta'minoti 859 ta (15,9 foiz), kommunal xizmat ko‘rsatish  179 ta (3,3 foiz), suv ta'minoti 187 ta (3,5 foiz), transport 87 ta (1,6 foiz), aloqa  112 ta (2,1 foiz), sog‘liqni saqlash  88 ta (1,6 foiz) va 1111 ta (20,6 foiz)  boshqa sohalarga tegishli bo‘ldi.

Kengash yig‘ilishida Navoiy, Samarqand,  Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hududiy birlashmalarining joriy yilning 1-yarim yilligida olib borilgan ishlari (faoliyati) to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Top