Jamiyat | 15:12 / 29.07.2016
8696
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati 1999 yildan beri 280 nafar o‘zbekistonlikka magistrlik stipendiyasini ajratdi

O‘zbekistonning 15 nafar mutaxassisi avgust oyida yapon hukumatining “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” dasturi asosida magistraturada o‘qish uchun Yaponiyaga yo‘l oladi. Bu haqida Gazeta.uz nashri ma'lum qildi

29 iyul kuni Toshkentda Yaponiya elchisi Fumixiko Kato va O‘zbekistonning bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov dastur bo‘yicha almashinuv bitimini imzolashdi. 

Yaponiya elchixonasi matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, bu O‘zbekiston mutaxassislari uchun hisob bo‘yicha 17-marta kunchiqar o‘lkada tajriba orttirish bo‘ladi. 1999 yildan beri jami 280 nafar o‘zbekistonlik bu loyiha asosida Yaponiya oliy ta'lim muassasalari magistraturasida tahsil oldi. Bu vaqt oralig‘ida yapon hukumati O‘zbekistonga 4,841 milliard iyen grant ajratdi, bunga yana 2016-2017 yillar uchun ajratilgan 459 iyen ham kiradi (4,3 million dollar).

Loyiha maqsadi kelajakda mamlakatning iqtisodiyot, moliyaviy va qonunchilik tizimi sohalarini rivojlantirish strategiyasiga bevosita jalb qilinadigan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. 
 

Mavzuga oid