21:33 / 29.07.2016
4593

Arsen Venger: Yangi mavsum yakunida to‘rtinchi o‘rinni egallash meni qoniqtirmaydi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya chempionatida g‘olib bo‘lish uchun raqobat o‘sib borayotganini e'tirof etdi.

«Endilikda premer-ligada g‘alaba qozonish – juda og‘ir ishga aylandi. Turnir ishtirokchilarining tarkibiga qarab, har bir klubning o‘ziga yarasha katta maqsadlari borligini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Qarang, jamoalar transferlar uchun qanday katta mablag‘larni sarflashmoqda. Bu kishini qo‘rqitadi. Lekin bu Anglii chempionatining bugungi kuni.

Biz mavsum yakunida to‘rtinchi o‘rinni egallasak, bu meni qoniqtirmaydi. Yo‘q, men hech qachon bunday natijani qoniqarli natija deb bilmayman.

O‘tgan mavsumda biz ko‘p gol ura olmadik. Endi hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz. Shu bilan birga mudofaa chizig‘ida ham tajribali futbolchiga ehtiyojimiz bor. O‘rta chiziqda esa barchasi joyida», – deya Vengerning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Bundan oldingi xabarlarda londonliklar jamoasi «Lester» jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Riyoz Mahrezni va «Valensiya» himoyachisi Shkodran Mustafini sotib olishi haqida aytilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top