Suv yuzasida suzadigan velosiped, skuterli jomadon, musiqa chaluvchi taroq — bularning bari xitoylik ixtirochilar ishlab chiqqan buyumlar bo‘lib, bu kabi g‘aroyib ishlanmalar xitoyliklarning kundalik turmush tarziga aylanib ulgurgan. Ushbu yorqin, innovatsion va bir qarashda g‘alati ko‘ringan ixtirolar  — qiziquvchan “muhandis”lar tomonidan yaratilgan va boshqalarning ham e'tiborini qozonib ulgurgan. 

Jomadonli skuter. Ixtirochi On Lyan o‘ziyurar jomadonni takomillashtirishga 10 yil vaqtini ketkazib, uni soatiga 20 kilometrgacha masofani bosib o‘tadigan holatga keltirdi. Skuter bir marta quvvat olgach 50 kmgacha masofani bosib o‘ta oladi. 

Uyda ishlab chiqarilgan odamsimon robot. Mustaqil ixtirochi Tao Xiangli masofadan boshqariluvchi gumanoid-robotni metallolom bo‘laklari va eski kompyuterlarning simlari va ehtiyot qismlaridan ishlab chiqdi. Xiangli robotni eshikdan olib chiqish uchun juda kattaligini tushungach, o‘zi bilan olib qolishga qaror qildi.

Traktor-mototsikl. Muhandis ushbu vahimali qurilmani yasash uchun 1300 dollar mablag‘ sarflab, eski traktor va avtomobillar chiqindixonasidan keltirilgan ehtiyot qismlardan foydalangan. 

Qo‘lbola suvosti kemasi. Xitoylik fermer kemani yasash uchun 5 oylik umrini ketkazdi. U, yaqinda Xubey viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.

Motorlashtirilgan supurgi. Ushbu birmuncha takomillashtirilgan traktorga 12ta supurgi o‘rnatilgan bo‘lib, Xeyluntszyan viloyati ko‘chalarini toza saqlashda yordam beradi.

Suvda suzuvchi velosiped. Plastik quvur yordamida suv yuzasida tura oladigan va ulanuvchi vint ko‘magida harakatlanadigan suzuvchi velosipedni ixtirochi Lyu Vanong ishlab chiqdi.