21:53 / 29.07.2016
11469

Hindistonda eng quyi tabaqaga tegishli juftlik 22 sent qarz uchun o‘ldirildi

Foto: lenta.ru

Hindistonda dalitlarga (eng quyi tabaqa) tegishli juftlik arzimagan qarz uchun o‘ldirildi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar bermoqda. 

Voqea Uttar-Pradesh shtatining Lakxmipur qishlog‘ida yuz berdi. Kunbay ishlaydigan 48 yoshli Bxarat Nat va uning 45 yoshli rafiqasi Mamta odatda yegulik sotib oladigan do‘kon oldidan o‘tib ketishayotganda do‘kon egasi, yuqoriroq tabaqaga tegishli 68 yoshli Ashok Mishra ulardan bir necha kun avval sotib olgan uch pachka pechene uchun 15 rupiy (22 sent) to‘lashni talab qildi. Juftlik pullarni kechasi berishga va'da qilib, yo‘llarida davom etdilar. Bu Mishraning g‘azabini qo‘zg‘atdi va u do‘kondan bolta olib, juftlikka yetib olib, ularni o‘ldirgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi er-xotinning boshlarini yorib tashlagan. Bundan tashqari, shifokorlar halok bo‘lgan erkakning tanasida 9 ta, ayolnikida esa 7 ta jarohat topishgan. Politsiyachilar do‘kon egasini qo‘lga olishgan. Juftlikning uch nafar balog‘atga yetmagan farzandlari ularning qo‘shnilaridan biriga vaqtinchalikka qarab turish uchun berildi.     

Bu vahshiy qotillik dalitlarning ommaviy noroziliklarini keltirib chiqardi. Ular yo‘llarni to‘sib, adolat talab qila boshlashgan. Nashrning ta'kidlashicha, ushbu voqea shtatda siyosiy ixtilofni keltirib chiqarishi mumkin: dalitlar yetakchi "Samadjvadi parti"ning muxolif va dalitlar manfaatlarini bildiruvchi raqiblari "Baxudjan samadj parti" bo‘lib o‘tgan voqeani o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatilishi mumkin.

Dalitlar (tegib bo‘lmaydiganlar) Hindiston ijtimoiy-diniy tizimida eng quyi o‘rinni egallovchi tabaqalar guruhi. Ular odatda chiqindilarni yig‘ish, charm yoki loy bilan ishlaydilar. Tegib bo‘lmaydiganlar yuqoriroq tabaqa vakillari bilan gaplashish va hattoki ularning buyumlariga tegishga haqlari yo‘q. Hindistonda tabaqaga qarab tahqirlash taqiqlangan bo‘lsa ham, pastki tabaqalar vakillarini o‘rnatilgan tartiblarni buzganlik uchun do‘pposlashlari va hattoki o‘ldirishlari mumkin..

Top