19:58 / 29.07.2016
9816

O‘zMTDP tomonidan o‘tkazilgan forumda velemarafonchilar bayroqlar uyg‘unligida “25” shaklini yasashdi

2016 yil 29 iyul kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik – milliy tiklanish va yuksalishdir” mavzusidagi Forum tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a'zolari, hududiy partiya tashkilotlari faollari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi O‘zMTDP guruhi a'zolari, partiya “Ayollar qanoti” va “Yoshlar qanoti” yetakchilari, adabiyotshunos olimlar, shoirlar, istiqlol tengdoshi bo‘lgan yosh ijodkorlar, hunarmandlar, rassomlar, teatr va kino aktyorlari, estrada xonandalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Forum dastlab Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi sadolari ostida yoshlarning Vatanga muhabbatini, yurtga sadoqatini yanada oshiruvchi, ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini jo‘shtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘rnatilgan 25 ta velosipedda velemarafon va bayroqlar paradi bilan boshlandi.  Tadbir davomida velemorofonchilar “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostidagi “25” aksiyasiga bag‘ishlab velemarafonchilar bayrog‘lar uyg‘unligida "25" ramziy raqami  yasashdi.

Top