11:04 / 30.07.2016
17930

Xalq banki orqali to‘lovlar oson va qulay..

Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankidan ajoyib yangilik!
Ushbu bank joriy yilning 20 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «MUNIS» dasturiy majmuasidan aholidan naqd pul va to‘lov terminallari orqali Moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachiligiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga byudjyet va bojxona to‘lovlarini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi.

Shuningdek, bugungi kunda ushbu tizim orqali Xalq banki tomonidan quyidagi muassasalar uchun aholidan to‘lovlar qabul qilinmoqda:
-    “O‘zbekenergo” AJ;
-    “O‘ztransgaz” AK;
-    Davlat soliq qo‘mitasi;
-    “UNITEL” MChJ (Beeline);
-    “RWC” ChK MChJ (Perfectum);
-    “Uztelecom” (Uzmobile) mobil aloqa operatori;
-    “Uzdigital” MChJ (Toshkent shahar va Toshkent viloyati abonentlari uchun);
-    “Suvsoz”, “Toshissiqquvvati” va “Maxsustrans” korxonalari (Toshkent shahar abonentlari uchun);
-    Tuyamo‘yin-Urgench (Xorazm viloyati abonentlari uchun);
-    “O‘zbektelecom” AK;
-    “Net television” MChJ (Fibernet).

“Munis” tizimi orqali qabul qilingan to‘lovlar to‘lovchilarning abonent shaxsiy hisobraqamlariga real vaqt rejimida (on-line) kirim qilinadi.   
Eslatib o‘tamiz, “Byudjyet tizimi byudjyetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2771, 30.03.2016 y.) talablaridan kelib chiqib, joriy yilning 15 iyulidan boshlab barcha soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, ma'muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona g‘azna hisobvarag‘iga qabul qilinadi.

Yagona g‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari:
Bank nomi: Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa Markazi;
Yagona g‘azna hisobvarag‘i: 23402000300100001010;
MFO: 00014;
STIR (INN): 201122919. 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top