18:39 / 30.07.2016
13549

Putin Sloveniyaga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sloveniyaga tashrif buyurdi. U bu yerda Rus ibodatxonasining 100 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan memorial marosimni ziyorat qiladi hamda jahon urushlarida Sloveniyada halok bo‘lgan sovet askarlari sharafiga bunyod etilgan haykalning ochilish tadbirida ishtirok etadi. 

Ibodatxonaning 100 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan shanba kunga mo‘ljallangan tadbirlar doirasida sloveniyaliklar bilan birga birinchi jahon urushi yillarida rus harbiy asirlarining taqdiri haqidagi hujjatli film ustida ish boshlandi, shuningdek Rossiya va Sloveniya pochtalari tomonidan pochta markasi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida kelishib olindi. 

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka alohida e'tibor qaratilishi kutilmoqda. Shu bilan birga xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashinadi. 

 

Top