01:22 / 31.07.2016
5991

Sobiq futbolchi Devid Bekxem rejissyor Gay Richi filmida suratga tushmoqda

Sobiq ingliz futbolchisi Devid Bekxem rejissyor Gay Richining "Aylana stol ritsarlari: Qirol Artur" deb nomlangan yangi filmida suratga tushmoqda. Film 2017 yilda ekranlarga chiqariladi, deb ma'lum qilmoqda Just Jared.

"Men Bekxemning ishtiroki sir deb o‘ylagandim, biroq ayni vaqtda bu haqda gapirayotganlarini payqamoqdaman", deb aytdi qirol Artur rolini o‘ynayotgan aktyor Charli Xannem.

Xannemning aytishicha, u Bekxem bilan mamnuniyat bilan ishlagan.

 

Manba: Tribuna.uz

Top