21:12 / 31.07.2016
8267

Zika virusi tufayli Qozog‘iston olimpiya terma jamoasining libosi o‘zgartirildi

Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etuvchi Qozog‘iston olimpiya terma jamoasi sportchilari kiyadigan liboslar rangi o‘zgargan. Bunga turnir o‘tkaziladigan davlatda Zika virusi yuqtirib olish ehtimoli mavjud bo‘lgani sabab hisoblanadi. Bu haqda Qozog‘iston Jismoniy tarbiya va sport ishlari qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Vaxitbek Xamit ma'lum qilgan.

Mart oyida Qozog‘iston olimpiadachilari kiyadigan libos tasdiqlangan, lekin ayni vaqtda sportchilar Rio-de-Janeyroga butkul boshqa liboslarda yo‘l olishgan.

Ma'lum qilinishicha, liboslarning faqat rangi o‘zgargan: sariq ranglar yorqin ko‘k ranglar bilan almashgan. Xalqaro olimlar yorqin tuslar virus yuqtirish ehtimolini pasaytiradi, degan xulosaga kelishgan. Shuningdek, tananing ko‘p qismi libos bilan yopilishi ta'minlangan.

5-21 avgust kunlari o‘tkziladigan Olimpiadada 26 sport turi bo‘yicha 102 nafar qozog‘istonlik sportchi vatan sharafini himoya qiladi.

Top