Sport | 08:17 / 01.08.2016
4109
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya futbol federatsiyasi rahbariyati bir qator tekshiruvlardan keyin iste'foga ketdi
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) direktorlar kengashining barcha a'zolari mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin o‘tkazilgan bir qator rejadan tashqari tekshiruvlardan keyin iste'foga ketdi. Bu haqda 31 iyulda federatsiya matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, TFF bu qarorni maxsus xizmatlarga o‘z xodimlari haqida to‘liq ma'lumotni taqdim qilishlariga to‘g‘ri kelgani sababli qabul qilgan.