07:48 / 02.08.2016
5241

AQSh moliya vazirligi AQShning davlat qarzi 383 mlrd dollarga oshishini ma'lum qildi

Google image

2016 yilning 2-yarmida AQShning davlat qarzlari hajmi 383 mlrd dollarga oshadi, deb ma'lum qilindi AQSh moliya vazirligida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Vazirlikning ma'lum qilishicha, joriy yilning  iyuldan sentabrigacha AQSh moliya vazirligi bozorda 201 mlrd dollarlik qarz olinishini taxmin qilmoqda. Bu miqdor may oyida prognoz qilingandan 47 mlrd dollarga ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Bundan tashqari, oktabr-dekabr oylari bozorga 181 mlrd dollarlik qarz majburiyatlarini chiqarish rejalashtirilmoqda. AQSh moliya vazirligi qarzlarning o‘sishini tashqi kirimlar qisqarishi bilan tushuntirmoqda.

Top