09:29 / 02.08.2016
4134

Amazon kapitallashuv bo‘yicha Exxon’dan o‘tib ketdi

Amazon onlayn-riteyleri 1 avgustdagi savdo sessiyalari vaqtida Exxon neft-gaz kompaniyasidan o‘tib ketdi va AQSh kompaniyalari orasida kapitallashuv bo‘yicha 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda Market Watch.

Onlayn-riteylerning aksiyalari 1,3 foizga qimmatlashdi, buning evaziga uning bozor qiymati 364 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu orada Exxon aksiyalari 2 foizga arzonlashib, kompaniyaning kapitallashuvi 361,6 mlrd dollargacha kamayib ketdi.

Ayni vaqtda kapitallashuv reytingida birinchi 4 ta o‘rinni texnologik kompaniyalar egallamoqda: 
1) Apple (NASDAQ: AAPL) — 565,9 mlrd dollar
2) Alphabet (NASDAQ: GOOG) — 549,6 mlrd dollar
3) Microsoft (NASDAQ: MSFT) — 440 mlrd dollar
4) Amazon (NASDAQ: AMZN) — 364 mlrd dollar 
5) Exxon Mobile (NASDAQ: XOM) — 361,6 mlrd dollar

Top