11:46 / 02.08.2016
9151

«Manchester Siti» yana bir transferni amalga oshirdi. Qimmatbaho transfer

«Shalke» jamoasi yarim himoyachisi Leroy Sane «Manchester Siti» safiga o‘tdi.

Bild ma'lumotiga ko‘ra, Germaniya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi inglizlar jamoasi bilan yiliga 6 million yevro maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 4 yillik shartnoma tuzgan.

«Siti» Sane uchun gilzenkirxenliklar jamoasiga 49 million yevro to‘laydi va qo‘shimcha bonuslar sifatida 6 million yevro va'da qiladi.

Shu tariqa, Sanening transferi Germaniya futboli tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylandi.

«Shalke» sport direktori Kristian Xaydel bu ma'lumotni tasdiqlagan.

«Biz «Siti» bilan kelishuvga erishdik. Sane tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. «Siti» bilan shartnoma tafsilotlari haqida keyinroq ma'lum qilinadi», – degan Xaydel.

Manba: Tribuna.uz

Top