14:13 / 02.08.2016
4145

«Napoli» Higuain o‘rnini Milik bilan to‘ldirdi

«Ayaks» hujumchisi Arkadiush Milik «Napoli» a'zosiga aylandi.

Higuain o‘rniga olingan ushbu polshalik yosh hujumchi uchun neapolitanliklar jamoasi 34 mln yevro to‘lagan va u bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Ayni vaqtda jamoa futbolchilari Dimaroda yig‘in o‘tkazmoqda, futbolchi yaqin vaqt ichida jamoa safiga borib qo‘shiladi.

22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Niderlendiya Erediviziyasining 31 uchrashuvida 21 gol urib, 8ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Top