10:50 / 02.08.2016
5179

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi: 12 kishi halok bo‘lgan

Pokistonning Jamshoro okrugida yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Jabrlanganlar orasida ayollar va bolalar bor. Yaralanganlar shifoxonaga olib borilgan, ular orasidan yetti kishining ahvoli og‘ir.

Xabarga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi salonida 50 ga yaqin odam bilan Karachi tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Haydovchi nazoratni yo‘qotgan va ro‘parasidan kelayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Top