Jahon chempionati saralashining birinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga hakamlar tayinlandi.
Bu galgi saralashni ham O‘zbekiston terma jamoasi yaponiyalik hakam boshqaradigan o‘yin bilan boshlaydi. 1 sentabr kuni Toshkentda o‘tadigan o‘yinni Ryuji Sato boshqarib boradi. Unga qanotlarda Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi yordam beradi.
Manba: Tribuna.Uz






