00:25 / 03.08.2016
4977

Apple patent da'vosi bo‘yicha 625 mln dollar to‘lashdan qutulib qoldi

Foto:nextpowerup.com

Texas federal sudi Apple patent da'vosi bo‘yicha VirnetX kompaniyasiga 625 mln dollardan ko‘proq mablag‘ to‘lashi kerak bo‘lgan qarorni bekor qildi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi.   

Apple 2006 yilda qayd qilingan 4 ta patentning buzilishida ayblanayotgandi. Da'volar FaceTime va iMessage messenjerlarida ishlatilgan VPN-protokollariga taalluqli bo‘lgan.

Sud tomonidan tovon puli to‘lash qarori 2016 yil fevralida qabul qilingan. Bundan tashqari, VirnetX yozda Apple’dan yana 190 mln dollar to‘lashni talab qilgan. 

Biroq sud avvalgi qarorni arzchi hukm chiqaruvchilar sudini avvalgi shunga o‘xshash ishga havolalar bilan chalg‘itgani sababli bekor qilgan. Sudya  Robert Shreder VirnetX’ning Apple’ga qarshi ikki ishini bitta sud jarayoniga birlashtirishni adolatsizlik deb atadi.

Ikki ish alohida ko‘rib chiqiladi. Birinchi sud yig‘ilishi 26 sentabrga belgilangan.

VirnetX sudga Apple ustidan 2012 yildayoq arz qilgan. O‘shanda Apple 368 mln dollar yutqazgandi, biroq ikki yildan keyin yuqoriroq turuvchi sud yetkazilgan zarar noto‘g‘ri baholangani sababli qarorni bekor qilgandi.

Top