18:32 / 03.08.2016
8861

Xitoydagi qip-qizil «toychoq»lar to‘qnashuvi

Xitoyda Range Rover Evoque avtomobili o‘zining deyarli nusxasi bo‘lgan Landwind X7 mashinasiga urilib ketdi. Bu haqida CarNewsChina.com xabar berdi. 


Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Chuntsin shahrida deyarli bir xil dizaynga ega bo‘lgan ikki qizil qizil rangli avtomobil ishtirokida kichik YTH sodir bo‘lgan. 


Mashinalar u qadar katta zarar ko‘rmagan. Voqea ro‘y bergan joyga yetib kelgan politsiya yo‘l-transport hodisasida Landwind X7 haydovchisining aybdorligini aniqlab, unga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatildi.  
 
Manbaga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan Range Rover Evoque mahalliy bozorda taxminan 68 ming dollar narxda sotiladi, Landwind X7 esa – 19,6 ming dollar. Bu Landwind’ning eng xaridortalab modeli hisoblanadi (u Jiangling Motors va Changan Auto’ga qarashli), uning sotuvi brend umumiy savdosining 70 foizini tashkil qiladi. 

Top