09:58 / 03.08.2016
10361

Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida 22 kishi izsiz yo‘qoldi 

Hindistondagi Mumbaiy-Goa shossesidagi ko‘prikning qulashi oqibatida izsiz yo‘qolganlar soni 22 nafarni tashkil qilmoqda. Bu hodisaga sabab kuchli jala bo‘lgan. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Voqea guvohlarining ma'lum qilishicha, fojia Hindiston g‘arbidagi Maxad shahrida ro‘y bergan. Kuchli musson yomg‘irlari sabab Savitri daryosidagi eski ko‘prikning seksiyalari buzilib ketgan. Aynan shu paytda ko‘prikda bir necha avtomobil va ikkita yo‘lovchi avtobusi bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kuchli oqim sabab yo‘lovchilarni qutqarish qiyinlashgan. OAVning qayd etishicha, izsiz yo‘qolganlar soni oshishi mumkin.

Top