21:12 / 03.08.2016
5284

OAV: Misr XVJning 12 mlrd dollarlik kreditiga umid qilmoqda

Google image

Misr Xalqaro valyuta jamg‘armasining 12 mlrd dollarlik kreditini olishga umid qilmoqda. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma'lum qildi.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Qohirada bo‘lgan XVJ delegatsiyasi bilan muzokaralar davomida Misr hukumati "jamg‘arma tomonidan 12 mlrd dollarlik kredit ajratilishida ko‘mak olmoqchi". Telekanalning ta'kidlashicha, jamg‘armaning moliyaviy yordami 4 yillik muddatga taqdim qilinishi mumkin.   

Iyul oxirida XVJ rasmiy vakili Uilyam Myurrey Misrga taqdim qilinadigan jamg‘armaning krediti miqdorini Misrda ikki hafta davomida ishlaydigan maxsus komissiya belgilashi kerakligini aytgandi. Uning ta'kidlashicha, Misr hukumati o‘zining iqtisodiy dasturiga jamg‘armadan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishni so‘ragan.

Top