22:15 / 03.08.2016
7549

Oliy Liga, 16-tur. "Lokomotiv" "Navbahor" darvozasiga javobsiz 5 gol urdi va boshqa natijalar

Bugun Oliy Liganing 16-turi doirasida 5ta uchrashuv o‘tkazildi.

Turda kutilmagan natijalar qayd etildi. Dastlab turnir jadvalida 15-o‘rinda borayotgan "Andijon" Toshkentning "Paxtakor" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Farg‘onaning "Neftchi" klubi esa toshkentliklarning yana bir jamoasi "Bunyodkor"ni yengdi - 2:1.

Vodiy-Toshkent qarama-qarshiligidagi yana bir to‘qnashuvda "Lokomotiv" va "Navbahor" jamoalari bahsi o‘tkazildi va unda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"Olmaliq" o‘z uyida "Buxoro"ga mag‘lub 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan, "Sug‘diyona" "Metallurg" bilan durang o‘ynagan. "Nasaf" esa "Sho‘rtan"ni 3:0 hisobida yenggan.

Turning birinchi kun uchrashuvlari doirasida "Obod" o‘z uyida "Qo‘qon-1912"ni yenggan, "Qizilqum" "Mash'al" maydonida g‘alabaga erishgandi.

Endilikda, "Lokomotiv" 42 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yakkahokim bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Bunyodkor" peshqadamdan 5 ochko ortda qolmoqda. Kuchli uchlikni 31 ochko to‘plagan "Nasaf" yakunlagan.

Turnir jadvalining quyi qismida "Andijon", "Obod" va "Qo‘qon-1912" jamoalari joylashgan.

Oliy liga, 16-tur

«Lokomotiv» – «Navbahor» 5:0 
Gollar: Artur Gevorkyan 3, - 1:0. Server Jyeparov 4,- 2:0. Temurxo‘ja Abduxoliqov 6, - 3:0. Temurxo‘ja Abduxoliqov 43, - 4:0. Marat Bikmayev 73, - 5:0.
"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 8. Server Jyeparov, 11. Timurxo‘ja Abduxoliqov, 13. Nemanya Yanichich, 15. Sardor Mirzayev, 17. Salim Mustafoyev, 18. Timur Kapadze (S), 22. Sanjar Shoahmedov, 33. Oleg Zoteyev, 71. Artur Gevorkyan. 
"Navbahor": 12. Aleksandr Korneychuk, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov (S), 10. Alisher Mahmudov, 19. Vladislav Aleksin, 21. A'zam Aliyev, 26. Qahramon Mahammadjonov, 27. Murod To‘ychiboyev, 33. Tohir Shamsitdinov, 48. Aziz Turg‘unboyev, 99. Ruslan Vagapov. 

«Neftchi» - «Bunyodkor» — 2:1
Gollar: Hakimov (1), Isroilov (41) - Shomurodov (37)
"Neftchi": Yusupov, Po‘latov, Saidov, Hakimov, Maxstaliyev, G‘ofurov, Rasulov, Irmatov, Ubaydullayev, Isroilov, Rahmonov
"Bunyodkor": Zuxurov, Komilov, Karimov, Ashurmatov, Alimpiyevich, Sato, Ahmadaliyev, Hamdamov, O‘rinboyev, Shomurodov, Nasimov.

«Sho‘rtan» - «Nasaf» — 0:3
Gol: Abduxoliqov (25), Cheran (69), Krasich (88)
"Sho‘rtan": EldorTojiboyev, Hasanboy Ergashev, Jamol Otaqulov, Botir Qorayev, Abbos Amonov, Sunatilla Mamadaliyev, Zafar Polvonov, Umarbek Eshmurodov, Eldor Boymatov, Igor Taran.  
"Nasaf": Eldorbek Suyunov, Aziz G‘aniyev, Shuhrat Muhammadiyev, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Ognen Krasich, Fozil Musayev, Farruh Sayfiyev, Bobir Abduxoliqov, Shahboz Erkinov.

«So‘g‘diyona» - «Metallurg» — 0:0
"So‘g‘diyona": Abdullayev, Xolmuhammedov, Rashidov, Muzaffarov, Jo‘rayev, Hasanov, Xolmurodov, Bahodirov, Hasanov, Eminov, Toshpo‘latov.
"Metallurg": Sultonov, Hoshimov, Karimov, No‘'monov, Esonqulov, Karimqulov, Abdullayev, Toshmatov, Jalilov, Qobilov, Abdumo‘minov.

«Olmaliq» – «Buxoro» 0:1 
Gol: Bahodir Pardayev 22 pen. - 0:1. 
"Olmaliq": 16.Umid Xonimqulov, 3.Saidkomil Akbarov, 5.Yevgeniy Gogol, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 9.Mo‘ydin Mamazulumov, 11.Zohir Pirimov, 17.Muhammad Isayev, 19.Islom Inomov, 77.Diyor Turopov (28.Murod Rajabov, 80), 94.Xurshid Muxtorov, 99.Shoxnazar Norbekov (14.Doniyor Ismoilov, 78). 
"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 8.Salamat Qutiboyev, 10.Shavkat Salomov (11.San'at Shixov, 31), 16.Artyom Filiposyan, 18.Bahodir Pardayev (7.Suhrob Ne'matov, 66), 19.Jasur Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Shavkat Mullajonov, 81.Anvar Rajabov, 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanayev. 

Top