12:43 / 03.08.2016
6984

Tailandlik amaldor maxsus saylov qutisi sabab uyatga qoldi

Tailand Markaziy saylov qo‘mitasi rahbari Srisuttiyakorn Somchay 2 avgust kuni saylov o‘tkazish uchun maxsus yasalgan qutilarni namoyish etdi. Namoyish vaqtida ana shu quti sinib qolgan. Bu haqda Post Today xabar bermoqda.

Saylov komissiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, avvallari Tailandda o‘tadigan saylovlarda qiymati 180 bat turadigan qutilardan foydalanilgan. Ularning chidamliligi bir-ikki kunga yetgan xolos.

Maxsus o‘tkazilgan anjumanda o‘n yil davomida chidab bera oladigan maxsus quti namoyishi o‘tkazilgan. Tailand amaldorlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bu qutilar 100 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi, 56 daraja issiqqa chidamli. Shu sabab yakuniy hisobotlargacha saylov byulletenlarini saqlash uchun qulay hisoblangan.

Bu qutilarning narxi 250 bat etib belgilangan. 50tadan 100 mingacha ishlab chiqarish nazarda tutilgan.

Matbuot anjumanida qutining mustahkamligini tekshirib ko‘rish maqsadida jurnalist qizlardan birini qutining ustiga chiqib turishga taklif qilishadi. Quti qizning og‘irligini ko‘taradi. Keyin saylov komissiyasi vakillaridan biri qutini polga qarata bir necha bor uloqtiradi. To‘rtinchi otishda quti sinib ketadi.

Top