19:38 / 04.08.2016
8619

Yangicha rangdagi iPhone 7 videosi

Unbox Therapy’ning YouTube-kanalida iPhone 7 qurilmasining Deep Blue rangi ilk marta namoyish qilindi. 


Muallif rolikda Apple qurilmalarini yig‘uvchi zavoddagi manbadan olingan smartfon prototiplaridan biri aks ettirilganini ma'lum qilmoqda. Bu kanalda iPhone 6, 6s va iPad Air qurilmalarining ilk prototiplari taqdimotga qadar namoyish etilgan. 

Yangi qurilmaning tashqi ko‘rinishi olingan dastlabki ma'lumotlarga to‘g‘ri keladi. Rolikda taxminan 5,5-dyuymga ega displeyli iPhone 7 Pro ko‘rsatilgan. Qurilmaning ikkita kamerasi va aksessuarlarni ulash uchun universal  Smart Connector’i  bor.

Shuningdek mazkur prototip qurilmada quloqchinlarni ulaydigan joy bo‘lmasligi hamda smartfonning ko‘k rangda chiqarilishi haqidagi ma'lumotni tasdiqlaydi.

 

Top