22:18 / 04.08.2016
8863

Facebook jurnalistlarni o‘zining maxfiy laboratoriyasiga kiritdi

Facebook kompaniyasi OAV vakillarini yopiq hudud – Area 404’ga ekskursiyaga taklif qildi. Bu yerda ijtimoiy tarmoq muhandislari kelajak texnologiyalari ustida ish olib boradilar. Aynan shu yerda quyoshli batareyalarda parvoz qiluvchi dronlar va virtual reallik shlemlari sinovlari, internetni "yetkazish" uchun lazerlar va yangi avloddagi serverlar bilan tajribalar o‘tkaziladi.

2 ming kvadrat metr maydonni egallagan Area 404 (brauzer so‘ralayotgan veb-sahifani topa olmaganda chiqaradigan "404 xato" sharafiga shunday atalgan) kompaniyaning Menlo-Parkdagi bosh qarorgohida joylashgan.

TechCrunch nashrining ta'kidlashicha, bu yerdagi ko‘pchilik ishlanmalar sir saqlanadi, ba'zi xonalarga hattoki kompaniya bosh direktori Mark Tsukerberg ham kiritilmaydi.

Maxfiy laboratoriya ichida istalgan qurilmani topish mumkin, misol uchun, mayda nuqsonlarni topish uchun 10 ming marta kattalashtirib ko‘rsatuvchi elektron mikroskop, 3D-printerlar, dasturlanuvchi stanoklar, MRT-skanerlar va boshqa texnikani topish mumkin.

Area 404’ning yarmi elektrotexnika bilan tajribalar o‘tkazish uchun, ikkinchi yarmi esa metallni kesish, bukish, bolg‘alash, yog‘och, tosh va shishaga ishlov berish ustaxonalari uchun ajratilgan, bu bo‘lajak qurilmalarning prototiplarini modellashtirish va yaratishga imkon beradi.  

Yopiq hududda 10 km radiusda internetga ulanishni tarqata oladigan OpenCellular tizimi, Aquila internet-droni uchun ehtiyot qismlar, imoratlar juda zich qurilgan sharoitlarda Wi-Fi signalini yetkazuvchi Terragraph tizimlari uchun antennalar yaratilgan. Bundan tashqari, bu yerda keyinroq Oculus Rift virtual reallik ko‘zoynaklarining keyingi avlodi va 360 gradusli ko‘rish burchagiga ega Surround 360 kameralari sinovdan o‘tkaziladi.

 

Top