17:29 / 04.08.2016
4178

Xitoy o‘z fuqarolarini qo‘riqlash uchun Rioga politsiyachilarini yubordi

© Flickr

XXR yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga politsiya ofitserlarini yuborgan. Ularning asosiy vazifasi, mahalliy huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda xitoylik fuqarolarni himoya qilishdan iborat, deb yozadi Beijing Times gazetasi.

Olimpiya o‘yinlari 5-21 avgust kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi Rio-de-Janeyroga aloqa ofitserlarini yuborgan. Ular nafaqat xitoylik sayyohlar, balki sportchilar, Xitoy termasi a'zolari va jurnalistlarni ham qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi. 

Ular shu maqsadda Braziliyaga ikki oy muqaddam yetib kelishgan. Iyul oyi oxirida XXR TIV konsullik boshqarmasi va Xitoyning Braziliyadagi elchixonasi, Rio-2016 o‘yinlariga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan xitoyliklarga Rioda o‘zini qanday tutishga doir ko‘rsatmalarini e'lon qilgan edi. 

Xitoy bu yilgi Olimpiadaga o‘z tarixidagi eng ko‘p delegatsiyani yubormoqda. 711 kishi, xususan 29 nafar xorijiy marabbiy shular jumlasidan. Jami 416 nafar sportchi Xitoy bayrog‘ini himoya qiladi.

Top