Jahon | 12:30 / 04.08.2016
8436
1 daqiqa o‘qiladi

London meri Sodiq Xon aholini ogoh bo‘lishga chaqirdi

London meri Sodiq Xon Britaniya poytaxti markazida amalga oshirilgan hujumdan keyin shahar aholisini tinchlik saqlashga va ogoh bo‘lishga chaqirdi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar berdi

“Men London fuqarolarini tinchlik saqlashga va ogoh bo‘lishga chaqiraman. Iltimos, har qanday shubha uyg‘otuvchi narsa haqida politsiyaga xabar bering. London aholisining xavfsizligi men uchun birinchi o‘rinda”, - deydi Xon. 

Bugun tunda 19 yoshli yigit London markazidagi Rassel-skverda pichoq bilan odamlarga tashlandi. Favqulodda vaziyat natijasida bir ayol halok bo‘ldi, besh kishi jabrlandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, gumondor politsiya tomonidan qo‘lga olingan. 

Mavzuga oid