11:14 / 04.08.2016
6576

Menez «Bordo» safidagi ilk o‘yinida qulog‘ining bir qismidan ayrildi

Yozgi transferlar vaqtida «Bordo» safiga kelib qo‘shilgan Jyeremi Menez «Loryan» jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida qulog‘idan jiddiy jarohat oldi.

O‘yinning 77-daqiqasi davom etayotgan vaqtda futbolchi maydonni tark etiishga majbur bo‘ldi. Raqib bilan to‘qnashuv tufayli uning qulog‘ining bir qismi uzilib tushgan.

Yaqin vaqtlar ichida futbolchi jarrohlik amaliyotidan o‘tadi.

2 kun oldin Menez «Bordo»ga «Milan» safidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.

 

Top