21:29 / 04.08.2016
9592

Mourinoning qarori «MYu»ni muammoga duchor qilishi mumkin

Xalqaro futbolchilar kasaba uyushmasi a'zosi Deyan Stefanovich «MYu» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtaygerga klub ustidan arz qilishni maslahat bermoqda. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchini yoshlar tarkibiga o‘tkazib yuborgan edi.

«Agar mana shunday holat bizda, Sloveniyada bo‘lganida Mourinoga jiddiy chora ko‘rilardi. U Shvaynshtaygerning faoliyatiga ta'sir ko‘rsatyapti, axir. Nimagadir muxlislar bunga e'tibor bermaydi.

Muxlislar futbolchilarning ko‘p maosh olishlarini aytishadi, leikin ularning ham huquqlari bor ekani inobatga olinmaydi. Shvaynshtayger shikoyat qilishi kerak. Bilmadim Angliyada qanday ishlashadi»,- deydi janob Stefanovich.

Mourino Shvaynshtayger va yana 8 o‘yinchini yoshlar tarkibi bilan shug‘ullanishga jo‘natdi

Shvaynshtayger yoshlar jamoasiga o‘tkazilgani uchun «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi

«MYu» muxlislari Shvaynshtaygerga munosabati uchun Mourinodan norozi bo‘lishmoqda

Top