23:50 / 04.08.2016
15792

OAV: Demi Mur qirolicha Yelizavetta II ning qarshiligiga qaramasdan uning o‘g‘li bilan uchrashmoqda

AQShlik aktrisa Demi Mur Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II ning o‘g‘li shahzoda Endryu bilan uchrashib yuribdi, deb xabar bermoqda Elle.

Ta'kidlanishicha, qirolichaning o‘zi o‘g‘lining uch marta turmushga chiqqan aktrisa bilan munosabatlarini ma'qullamayapti. Aytilishicha, qirolichaning norozi bo‘lishiga Mur avval giyohvand modda va spirtli ichimlik iste'mol qilish bilan muammolarga ega bo‘lgani ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Aktyor Bryus Villisning sobiq rafiqasi Demi Mur hozirda 53 yoshda. Mur oxirgi turmush o‘rtog‘i aktyor Eshton Katcher bilan 2011 yilda ajrashgan. Shahzoda Endryu esa o‘z rafiqasi bilan 1996 yilda ajrashgan.

Top