12:20 / 04.08.2016
10724

Parijda bir guruh kishilar avtobusni majburiy to‘xtatib, yoqib yuborishdi

Parijda bir guruh kishilar avtobus yo‘lini axlat qutilari bilan to‘sib, uni to‘xtashga majbur qilishdi. Transport to‘xtaganidan keyin unga toshlar va yonilg‘i solingan butilkalar otildi. 

Avtobusni yoqishdan oldin hujumni uyushtirganlar haydovchi va yo‘lovchilarni tashqariga chiqishga majbur qilishdi. Avtobusdagi yong‘in portlash bilan tugadi. Transport vositasi butkul yonib bitdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida hech kim jabrlanmadi. 

Internet tarmoqlarida avtobusga uyushtirilgan hujumning yaqin oradagi uylardan birida olingan videosi paydo bo‘ldi. 

Ta'kidlanishicha, hujum Parijning ko‘plab muhojirlar istiqomat qiladigan Sen-Deni tumanida sodir bo‘lgan. Politsiya ro‘y bergan voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Top