12:13 / 04.08.2016
7514

Telegram messenjerida ma'lumotlarni saqlash uchun chat yo‘lga qo‘yildi

Pavel Durovning Telegram messenjerida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar zarur fayllarni saqlash uchun chatni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. 

Telegram rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, foydalanuvchilar avval ham ma'lumotlarni saqlash uchun chatlardan foydalanishgan. Endi esa rasman o‘zingiz uchun chat ochib, bu yerda kerakli ma'lumotlarni saqlashingiz mumkin bo‘ladi. 

Bundan tashqari, messenjerda taniqli stikerlar bo‘limi paydo bo‘ldi. Ular  guruhlarga taqsimlangan. Stiker to‘plamlarini qo‘shish jarayoni yengillashtirilgan – ularning soni 200ga yetganidan so‘ng eski to‘plamlar avtomatik tarzda arxivga joylanadi. 

Shtab-kvartirasi Berlinda bo‘lgan Telegram o‘zini ishonchli, xavfsiz messenjer sifatida namoyon etmoqdi, undan yuborilayotgan barcha ma'lumotlar boshidan oxirigacha shifrlanadi va hech bir davlat hukumatiga taqdim etilmaydi. Ushbu messenjerdan foydalanuvchilarning umumiy soni bugungi kunda 100 million kishini tashkil qiladi. 
 

Top