22:13 / 04.08.2016
7090

Washington Post Obamaning qarib qolganiga ishora qildi

AQShning yetakchi nashrlaridan biri The Washington Post mamlakat prezidenti Barak Obamaning qarib qolganiga ishora qildi. Nashrning twitter'dagi sahifasida Obamaning ikkita surati joylandi.

Birida Obama endi prezident bo‘lgan vaqtdagi rasmni ko‘rasiz. Uning yonida hozirgi, sochi oqargan Obama...

Obama sakkiz yildan buyon AQShni boshqarib keladi. U mamlakatning 44-prezidenti. Birinchi qora tanli prezident. Obama 1961 yil 4 avgustda tug‘ilgan. Bugun u 55 yoshni qarshiladi.

Top