19:51 / 04.08.2016
5848

Joriy yil maktab yarmarkalari uchun 37,3 million dona yozuv daftari yetkazib berilishi belgilangan

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan mamlakatimiz iste'mol bozorini maktab anjomlari bilan to‘ldirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yilning 10 avgustidan 10 sentabrigacha mamlakatimizning barcha hududlarida maktab yarmarkalarini tashkil etish ishlari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda hududlar bo‘yicha daftar mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilib, maktab yarmarkalari uchun 37,3 million dona yozuv daftari yetkazib berilishi belgilangan.

Joriy yilning birinchi yarmida Matbuot va axborot agentligi tizimidagi korxonalar hamda xususiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan  44,4 million dona yozuv daftari ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, tizimdagi korxonalar tomonidan 10 avgustga qadar 15,5 million dona, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 3 million donadan ziyod daftar mahsulotlari ishlab chiqarilib, mamlakatimizning turli hududlariga yetkazib berilishi mo‘ljallanmoqda.

Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob qaytarildi.

Top