15:17 / 04.08.2016
5721

Joze Mourino: «Yana bir futbolchi olishimiz aniq»

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning yozgi transfer kampaniyasi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Yana bir futbolchi olishimiz aniq. Pogba haqida gapirishni istamayman, chunki u – «Yuventus» futbolchisi. Menga ham boshqa murabbiy o‘z futbolchim haqida gapirishi yoqmagan bo‘lardi. Men boshqa futbolchilar haqida gapirishni istamayman, ammo haqiqat shundayki, biz yana bir futbolchini o‘zimizniki qilamiz.

Transferlar bozori 31 avgust kuni yopiladi, demak bizda yetarlicha fursat bor. Menga qolsaku, mavsum boshlanguniga qadar yaxlit tarkibga ega bo‘lishni istardim», — degan Mourino.

Bundan oldingi xabarlarda, «MYu Pogbaning transferi haqida yakshanba kuniga qadar e'lon qilishi aytilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top