22:39 / 05.08.2016
8400

«Barselona» muxlislari Messi va Suares UYeFAning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod bo‘lmaganidan g‘azablanishdi

UYeFA Yevropada o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan uch futbolchining nomini e'lon qildi. Unga ko‘ra, «Real» futbolchilari Krishtianu Ronaldu hamda Garet Beyl, «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmannlardan biri o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi.

Bu yil nomzodlar orasida «Barselona»ning birorta ham futbolchisi qayd etilmagan. Bu esa jamoa muxlislariga yoqmadi. Ular nima sababdan Messi yoki Suareslardan biri Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi uchun nomzod bo‘lmaganidan hayratlanishdi. Ko‘pchilik nima uchun Beyl kiritilgan ro‘yxatda Suares kiritilmaganiga hayron qolmoqda.

Muxlislardan biri quyidagi faktni keltirgan: Suares o‘tgan mavsumda 59 gol urib, 26 marta golga assistentlik qildi. Ikkita mukofot yutdi. Beyl esa 19 ta gol urib, 15 marta assistentlik qildi.

Top