12:37 / 05.08.2016
6461

Ibrahimovich 1,8 mln yevrolik avtomobillarini Parijdan Manchesterga olib o‘tmoqda

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Parijdan  Manchesterga o‘z avtomobillarini olib o‘tishga tayyorlanmoqda.

The Sun xabariga ko‘ra, 34 yoshli shvetsiyalik bu futbolchida qizil rangli Ferrari Enzo va qora rangdagi Porsche 918 Spyder rusumli avtomobillar mavjud. Uning bu avtoulovlarining jami bahosi 1,8 mln yevroni tashkil etadi.

Shuningdek, Zlatan Manchesterdan uy topgan. Bu uy uchun klub oyiga 24 ming yevro miqdorida ijara puli to‘laydi.

«Zlatan uyda harbiy jang san'atlari bilan shug‘ullanishi uchun mashg‘ulot zali bo‘lishini istadi. Uning talablari qatorida «PSJ»da o‘ynayotgan mahali sotib olgan mashinalarini olib kelib berish ham bor edi. Siz uni shahar ko‘chalarida qizil rangli Ferrari avtomobilida ketayotganida osongina tanib olishingiz mumkin bo‘ladi», – deya klubdagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan nashr.

Manba: Tribuna.uz

Top