17:56 / 05.08.2016
2730

Yil boshidan beri Yevropaga O‘rta Yer dengizi orqali 262 mingdan ziyod qochqin keldi

2016 yil boshidan beri Yevropaga O‘rta Yer dengizi orqali 262 ming 39 nafar muhojir va qochoq kelgan. Bu jarayonda 3132 kishi nobud bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lum qildi.

Tashkilot tomonidan Jyenevada chop etilgan axborotnomada bildirilishicha, 2016 yilning 1 yanvaridan 31 iyulga qadar Gretsiyaga 220 mingga yaqin, Italiyaga esa 7507 nafar muhojir va qochoq kelgan.

Iyul oyida qochqinlar oqimi nisbatan kamaygan - 32,5 ming kishi. O‘tgan yilning shu oyidagi ko‘rsatkich - 78 ming nafar edi.

O‘tgan yilning avgust oyida 130 ming kishi Yevropaga o‘tgandi. Bu yil esa avgust oyi boshidan buyon 3 ming 813 kishi O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa qirg‘oqlariga yetib kelgan.

Top