00:37 / 05.08.2016
5821

Misr A321 samolyotidagi teraktning taxminiy tashkilotchisini yo‘q qilganini ma'lum qildi

Foto: © AFP

Misr harbiylari IShIDning Sinay yarimorolidagi bo‘limi "Ansor Bayt al-Maqdis" guruhining yetakchisi Abu Duo al-Ansoriyning yo‘q qilinganini ma'lum qildilar. Bu haqda Misr mudofaa vazirligi xabarida aytildi. 

Ta'kidlanishicha, jangari Arish shahri yaqinidagi aviazarbalar davomida yo‘q qilingan.

Misr mudofaa vazirligida aviazarbalar davomida IShIDning 45 jangarisi hamda qurol-aslaha va o‘q-dorilari yo‘q qilingani ma'lum qilindi.  

Al-Ansoriy Sharm-al-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha reys amalga oshirgan va Misr osmonida falokatga uchragan Airbus 321 samolyotidagi teraktning taxminiy tashkilotchisi hisoblanadi.

Avvalroq RIA “Novosti” axborot agentligi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan samolyotni "Ansor Bayt al-Maqdis" jangarilari portlatganlarini ma'lum qilgandi.

Samolyot Sinay yarimorolida 2015 yilning 31 oktabrida qulab tushgan. Samolyotdagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lganlar.

Top