Rio-de-Janeyro shahrida Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlandi. 1-tur doirasida 8ta uchrashuvi o‘tkazildi.
A guruhidagi dastlabki uchrashuvda Iroq va Daniya futbolchilari gol ura olishmadi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv ham golsiz durang bilan yakunlandi, Neymar boshchiligidagi Braziliya termasi JAR yoshlarini yenga olmadi.
V guruhidagi uchrashuvlarning birinchisida Shvetsiya va Kolumbiya jamoalari bir-birlarining darvozalariga 2tadan to‘p kiritishgan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda 5:4 hisobi qayd etildi, nigeriyaliklar 5ta, yaponlar 4ta gol urishdi.
S guruhi vakillari Meksika va Germaniya uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi, Janubiy Koreya esa Fiji darvozasiga javobsiz 8ta gol yo‘lladi.
D guruhida Portugaliya Argentinani mag‘lubiyatga uchratdi - 2:0. Honduras Jazoirni 3:2 hisobida yengdi.
Iroq U-23 – Daniya U-23 0:0
Iroq U-23 – Xamid, Nadim, Xalaf, Adnan, Ismail, Abdul Amir, Kadim, Xosni (Kamil, 66), Tarik, Axmad (Abdul-Raxim, 65), Gubari.
Daniya U-23 –Hoyberg, Makshe, Matiasen, Gregor, Yonsson (Larsen, 85), Bersting, Desler, Nilsen (Larsen, 60), Gomesh, Brok-Madsen (Larsen, 79), Vibe.
Ogohlantirishlar: Xalaf (54), Yonsson (77), Larsen (87).
Honduras U-23 – Jazoir U-23 3:2
Gollar: 1:0 – 13 Kioto, 2:0 – 33 Pereyra, 2:1 – 68 Bendebka, 3:1 – 79 Losano, 3:2 – 85 Bunedja.
Honduras U-23 – Lopes, Pereyra, Palasios, Alvares, Garsiya, Vargas, Akosta (Pas, 86), Banegas (Espinal, 78), Elis (Benavides, 67), Losano, Kioto.
Jazoir U-23 – Shaal, Bendebka, Benkabliya (Mezyan, 60), Bengit, Xaddush, Demmu, Ait-Atman (Darfalu, 71), Kennish (Abdellaui, 30), Belkebla, Ferxani, Bunedja.
Ogohlantirishlar: Bunedja (58), Demmu (73), Mezyan (76), Palasios (88), Belkebla (90).
Braziliya U-23 – JAR U-23 0:0
Braziliya U-23 – Ueverton, Markinos, Duglas Santos (Vilyam, 84), Ze Karlos, Rodrigo Kayo, Felipe Anderson (Luan, 60), Tiago Mayya, Renato Augusto (Rafinya, 67), Neymar, Gabriel, Gabriel Jyezus.


