22:01 / 06.08.2016
6409

Afg‘on harbiylari bir kun ichida 60 dan ko‘proq jangarini yo‘q qildi

Foto: nz1.ru

Afg‘on harbiylari Afg‘onistonning bir qator hududlarida o‘tkazilgan operatsiyalar davomida bir kunda kamida 61 jangarini yo‘q qildilar, deb aytildi mamlakat mudofaa vazirligi xabarida.

Yo‘q qilingan jangarilar orasida IShIDning 21 jangarisi bor. Ularga qarshi operatsiya Nangarxor viloyatida olib borilgan.

Afg‘on harbiylari orasidan 10 kishi halok bo‘lgan.

Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda ancha yonmonlashgan. Mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududlarni egallab olgan "Tolibon" harakati endi yirik shaharlarga hujum uyushtirmoqda. Mamlakat hududida shuningdek IShID terrorchilik guruhining ta'siri oshgan.

Top