17:29 / 06.08.2016
5817

Gruziya tog‘larida to‘rt nafar xorijlik alpinist halok bo‘ldi

Gruziyada to‘rt nafar xorijlik alpinist Ushba cho‘qqisiga ko‘tarilish paytida halok bo‘ldi. Bu haqda Mestia tuman qutqaruv xizmati vakili xabar bermoqda.

Qutqaruv xizmatidagilarning aytishicha, “halok bo‘lgan alpinistlarning shaxsi va fuqaroligi hozircha aniqlanmagan. Ayni damda mana shu ishlar ustida harakat ketmoqda».
Alpinistlarni qidirish 31 iyuldan boshlangan edi. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Top