21:02 / 06.08.2016
13333

Rio-2016. Diyor O‘rozboyev 1/4 finalda imkoniyatni boy berdi

Rioda yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. Hozirgina dzyudochimiz Diyorbek O‘rozboyev 1/4 finalda qozog‘istonlik Yo‘ldosh Smetovga imkoniyatni boy berdi.

Asosiy vaqtda har ikki sportchi bittadan shido bilan ogohlantirildi. Qo‘shimcha vaqtda esa qozog‘istonlik sportchi yuko bahosini qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi. Diyor endi o‘tish o‘yinlarida qatnashadi. Unda hali bronza medali uchun imkoniyat bor.

Top