09:42 / 06.08.2016
34754

Rio-2016: O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoniq ko‘zlar

Rio-de-Janeyroda Toshkent vaqti bilan soat 04.00da XXXI Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 207 ta davlatdan tashrif buyurgan sportchi bellashadi. Olimpiadada jami bo‘lib 28 ta sport turi taqdim qilingan.    

O‘zbekiston delegatsiyasi terma jamoa bayroqdori, bokschi Bahodir Jalolov boshchiligida "Marakana"ga chiqib keldi.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerak-ki, bu safargi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilarga katta umid bog‘lashgan.

Hamyurtlarimiz 13 sport turi bo‘yicha medallar uchun bahs olib borishadi. 70 sportchidan 47 nafari erkaklar bo‘lsa, 23 tasini ayollar tashkil etdi. Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish vazifasi bokschi Bahodir Jalolovga ishonib topshirilgan. Quyida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar bilan tanishtiramiz.

Yengil atletika

Andrey Petrov – marafon
Suxrob Xo‘jayev – bosqon uloqtirish
Ruslan Qurbonov – uch hatlab sakrash
Bobur Shokirjonov – nayza otish
Ivan Zaytsev – nayza otish
Leonid Andreyev – o‘nkurash
Natalya Asanova – 400 metrga to‘siqlar osha yugurish
Yekaterina Tunguskova – 10000 metrga yugurish
Sitora Hamidova – marafon
Marina Xmelevskaya – marafon
Valentina Kibalnikova — 100 metrga to‘siqlar osha yugurish
Nigina Sharipova – 100 va 200 metrga yugurish
Nadiya Dusanova – balandlikka sakrash
Svetlana Radzivil – balandlikka sakrash
Yuliya Tarasova – uzunlikka sakrash
Yekaterina Voronina – yettikurash

Boks

Xasanboy Do‘smatov – 49 kg
Shahobiddin Zoirov – 52 kg
Murodjon Ahmadaliyev – 56 kg
Xurshid Tojiboyev – 60 kg
Fazliddin G‘oibnazarov – 64 kg
Shaxram G‘iyosov – 69 kg
Bektemir Meliqo‘ziyev – 75 kg
Elshod Rasulov – 81 kg
Rustam To‘laganov – 91 kg
Bahodir Jalolov + 91 kg
Yodgoroy Mirzayeva – 51 kg

Baydarka va kanoeda eshkak eshish

Gerasim Kochnev – 1000 m (yakkalik), 1000 m (juftlik)
Aleksey Mochalov – 1000 m (yakkalik)
Serik Mirbekov — 1000 m (juftlik)
Olga Umaraliyeva – 200 m (yakkalik)

Sport gimnastikasi

Anton Fokin
Oksana Chusovitina
Badiiy gimnastika
Anastasiya Serdyukova – mutlaq ko‘pkurash
Samira Amirova – jamoaviy ko‘pkurash.
Valeriya Davidova – jamoaviy ko‘pkurash.
Luiza G‘aniyeva – jamoaviy ko‘pkurash.
Zarina Qurbonova – jamoaviy ko‘pkurash.
Marta Rostoburova – jamoaviy ko‘pkurash.

Trampolin

Yekaterina Xilko

Dzyudo

Diyorbek O‘rozboyev – 60 kg
Rishod Sobirov – 66 kg
Mirali Sharipov – 73 kg
Shaxzod Sobirov – 81 kg
Sherali Jo‘rayev – 90 kg
Soib Qurbonov – 100 kg
Abdulla Tangriyev +100 kg
Gulnoza Matniyozova – 70 kg

Akademik eshkak eshish

Shaxboz Xolmirzayev

O‘q otish

Vadim Skorovarov

Suzish

Vladislav Mustafin – 100 m, brass
Ra'noxon Omonova – 200 va 400 m, kompleks suzish

Stol tennisi

Zohid Kenjayev

Taekvondo

Nikita Rafalovich – 80 kg
Dmitriy Shokin +80 kg
Nigora Tursunqulova -67 kg

Tennis

Denis Istomin

Og‘ir atletika

Doston Yoqubov – 69 kg
Ivan Yefremov – 105 kg
Ruslan Nuriddinov – 105 kg
Rustam Jangaboyev +105 kg
Sardorbek Do‘smurotov +105 kg

Erkin kurash

Abbos Rahmonov – 57 kg
Ixtiyor Navro‘zov – 65 kg
Bekzod Abdurahmonov – 74 kg
Magomed Ibragimov – 97 kg

Yunon-rum kurashi

Elmurod Tacmurodov – 59 kg
Dilshod Turdiyev – 75 kg
Rustam Assakalov – 85 kg
Mo‘minjon Abdullayev – 130 kg

Top