19:19 / 07.08.2016
14809

Hafta dayjesti: Rio-2016 tafsilotlari, Uzoq Sharqdagi tabiiy ofatlar, zamonaviy Toshkent-4 aeroporti, jahon siyosatchilari faoliyatidagi mash-mashalar

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda turli voqea-hodisalar ro‘y berdi. Ana shu xabarlardan eng saralari Kun.uz’ning haftalik dayjestida.  

1 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev OAV vakillari bilan uchrashdi. Suhbat davomida Atambayev “Yaxshi va yovvoyi “qirg‘izchilik” bor”ligini, hokimiyatni saqlab qolishni istaganida, donolik qilmay, umuman boshqa islohot o‘tkazishini, qo‘shiq kuylashiga Toshkentga qilgan safari sabab bo‘lganini va boshqa ko‘plab masalar haqida gapirib o‘tdi. Batafsil.


1 avgust kuni IShID jangarilari Rossiya manziliga tahdidlar ifodalangan videomurojaatini e'lon qildi. Unda Rossiyaga qarshi jihod boshlashga da'vat etilgan.  Batafsil.

Oksford universiteti olimlari dunyo aholisining atigi bir foizini tashkil etuvchi eng boy-badavlat insonlar asosan qaysi mamlakatlarda yashashini aniqlashga harakat qilishdi. Batafsil.


Tinch okeanida ko‘tarilgan “Nida” to‘foni Hongkonga yopirildi va shaharni vayron etib tashladi.  Shaharga soatiga 158 km tezlikda harakatlanuvchi shamol va tropik jala yopirilgan. Batafsil.

O‘zbekiston Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida «oltin» medal olgan sportchi uchun va'da qilingan mukofot puli miqdori bo‘yicha "kuchli beshlik" qatoriga kirdi. Batafsil.


O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati sudi uch nafar fuqaroni "Turkiston islom harakati" (TIH) xalqaro terrorchilik tashkilotining materiallarini tarqatgani uchun 5 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qildi. Batafsil. 


Xitoy mudofaa vaziri Chan Vantsyuan xitoyliklarni mamlakat daxlsizligini himoya qilish uchun dengizda xalq urushiga tayyorgarchilik ko‘rishga chaqirdi. Batafsil.


Turkiyaning Aksam gazetasi 1 avgustdagi sonining birinchi sahifasida Germaniya kansleri Angela Merkelning Adolf Hitler qiyofasidagi suratini chop etdi. Batafsil.


Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Italiyaning RAI teleradiokompaniyasiga "pul yuvish"da ayblanayotgan o‘g‘lining faoliyati tergovi Turkiya va Italiya o‘rtasidagi hamkorlikka ta'sir qilishi mumkinligini aytdi. Batafsil.


O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorchilikni moliyalashtirish xatarini baholash bo‘yicha Basel AML Index 2016 reytingida 101-o‘rinni egalladi va terrorchilikni moliyalashtirish xatari past darajada bo‘lgan mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Batafsil.


KOICA - Koreya xalqaro hamkorlik agentligi Toshkent xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali (Toshkent-4)ni qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni yakunladi. Batafsil. 


«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Boing kompaniyasi bilan ikkita Boeing-787 Drealmliner sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ulardan biri bo‘yoqdan chiqdi. Batafsil.


Change.org saytida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning iste'fosini talab qiluvchi petitsiya paydo bo‘ldi. U yerda «Baliq boshdan sasiydi! Vazirliklarning sust ishlayotganiga mana shu chora davo bo‘lar?!» deb yozilgan. Batafsil.


3 hafta avval, 16-iyul kuni Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinish mamlakatga qanchaga tushganiga Rossiyaning RIA Novosti agentligi oydinlik kiritishga harakat qilib ko‘rdi. Batafsil.

Rio-de-Janeyro olimpiadasida ikkinchi kun bahslari davom etmoqda. 6 avgust kuni o‘zbekistonliklar terma jamoasi 5ta sport turib bo‘yicha bahslarni boshladi. Batafsil.

Top