08:53 / 07.08.2016
5540

Britaniyalik suzuvchi 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Britaniyalik sportchi Adam Piti 2016 yilgi olimpiya o‘yinlarining saralash bahslari doirasida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

21 yoshli suzuvchi bu masofani 57,55 sekundda suzib o‘tgan. U bu orqali o‘z rekordini yangilagan. U bundan oldingi rekordini (57,92) 2015 yili Buyuk Britaniyadagi chempionatda qayd etgandi.

Olimpiada o‘yinlari 21 avgustga qadar davom etadi.

Manba: Tribuna.uz

Top