15:21 / 07.08.2016
6105

Ukraina va Indoneziya erkin savdo hududi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida

Ukraina va Indoneziya ikki mamlakat o‘rtasida savdo sohasida erkin savdo hududi tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlash uchun maslahatlashuv o‘tkazadi. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot xizmati Jakartada Petro Poroshenkoning indoneziyalik hamkasbi Joko Vidodo bilan uchrashuvidan keyin ma'lum qildi.

"Ukraina indoneziyalik investorlar uchun Yevropa bozoridagi maydonga aylanishi mumkin", - degan prezident. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Indoneziyani ham Ukraina uchun tashqi bozordagi muhim sherik deb biladi. Poroshenko Ukraina eshiklari indoneziyalik investorlar uchun ochiq ekanini ma'lum qilgan.

Poroshenko Indoneziyada o‘tkazilgan biznes-forum ikki davlatining savdo sohasidagi munosabatlarini yanada mustahkamlashiga umid qilgan. Ukrainaliklar yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Indoneziya va Ukraina o‘rtasidagi tovar almashish hajmi keyingi yillarda o‘sib bormoqda. Mahsulotlarning aksar qismi - 80 foizga yaqini - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisoblanadi.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Poroshenkoning Jakartaga tashrifi davomida Mudofaa sohasi, qishloq xo‘jaligi sohasi hamda viza tizimini erkinlashtirish sohasida hujjatlar imzolanadi. Shuningdek, energetika  hamda farmatsevtika sohasiga oid muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top