21:45 / 08.08.2016
6157

Afg‘onistonlik harbiylar bir kunda 75 jangarini yo‘q qildi

Foto: © RIA

Afg‘onistonlik harbiylar mamlakatning bir qator viloyatlarida o‘tkazayotgan harbiy operatsiyalarda bir kunda 75 jangarini yo‘q qildilar, deb aytilmoqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi saytida chop etilgan xabarda.

Vazirlikning ma'lum qilishicha, jangarilar eng ko‘p Nangarxor viloyatida yo‘q qilingan, ularning soni 23 nafarni tashkil qilgan. Ma'lum qilinishicha, yo‘q qilinganlardan ba'zilari "Tolibon" guruhi a'zolari bo‘lgan.  

Afg‘on harbiylari o‘z navbatida 11 kishini yo‘qotganlar.

Shuningdek, viloyatda 43 nafar jangari harbiylarga taslim bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, jangarilar viloyatning turli hududlarida harakat qilgan 4 ta guruhga tegishli bo‘lgan.  

Hozirda avval bir-biri bilan mamlakatdagi hududlarni nazorat qilish uchun bir-biriga qarshi urush olib borgan "Tolibon" va IShID terrorchilik guruhlari a'zolari hukumat qo‘shinlariga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirgan.

Top