08:45 / 08.08.2016
6216

Yaponiyaning Iokogama shahri ko‘chalariga yuzlab Pikachu pokemonlari chiqdi

Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahari – Iokogama shahrida Pikachu pokemoniga bag‘ishlangan bir haftalik festival boshlandi. Festivalning ochilish kuni mashhur multqahramonni eslatuvchi kiyimlarni kiyib olgan yuzlab ishtirokchilar shahar ko‘chalari bo‘ylab yurib o‘tdilar.

Ma'lumotlarga ko‘ra, festival Yaponiyada uchinchi marta o‘tkazilmoqda, biroq bu yili u Pokemon.Go kompyuter o‘yini sababli yanada ommalashib ketdi. Bu o‘yinning qahramonlaridan biri Pikachu hisoblanadi.   

Pokemonlar haqidagi anime janridagi ommaviy multserial Yaponiyada dunyoga kelgan va endi hukumat Pikachu festivalini o‘tkazish orqali shaharga ko‘proq sayyohlarni jalb qilmoqchi.

Top