09:47 / 08.08.2016
3856

"Benfika" "Braga"ni yengib 6-marta Portugaliya Superkubogiga ega chiqdi

"Benfika" Portugaliya Superkubogi uchun bahsda "Braga"ga qarshi o‘ynadi. Aveyru shahridagi "Munisipal-di-Aveyru" stadionida kechgan bahs amaldagi chempionlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin boshida Franko Servi "Benfika"ni olg‘a boshladi. 75-daqiqada Jonas "burgutlar" jamoasining ustunligini mustahkamladi. Qo‘shimcha daqiqalarda Pitstsi penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy natijani o‘rnatdi - 3:0.

Endilikda "Benfika" oltinchi  marta Portugaliya chempioni bo‘ldi. Bu borada "Portu" yetakchi (20 marta). "Sporting" esa sakkiz marta Superkubok g‘olibligini qo‘lga kiritgan holda ikkinchi natijani qayd etib turibdi.

Portugaliya Superkubogi. Final
Benfika (Lissabon) – Braga (Braga) – 3:0
Gollar: Servi, 10 (1:0); Jonas, 75 (2:0); Pitstsi, 90+2 (3:0).
Ogohlantirishlar: Semedu, 31; Grimaldo, 53 – Ferreyra, 6.

Top